Xyoyberg "Bavariya"ga o'tmasligini ma'lum qildi

Omonjon To`xtamirzayev
1 fev 2024, 20:45
Futbolchining o'zi "Tottenxem"dan ketmasligi haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.

Yarim himoyachi Per-Emil Xyoyberg "Tottenxem"ni transfer oynasining so'nggi kunida tark etmasligini ma'lum qildi. 

"Men "Tottenxem"dan oxirgi kun ketmayman. Shu yerda qolaman. "Tottenxem" sovrinlarga kurasha oladi, buni sezib turibman", - dedi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, "Napoli" va "Bavariya" Xyoybergni yanvarning o'zidayoq safiga qo'shib olishni niyat qilgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Football Insider