Xyovedes uchun mavsum yakunlandi

17 may 2019, 07:10
“Lokomotiv” himoyachisi Benedikt Xyovedes jarohati sabab mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.

31 yoshli nemis futbolchisi Rossiya Kubogining ½ finalidan o'rin olgan “Rostov”ga qarshi bahsda jarohat olgandi. Jarohat darajasi ochiqlanmagan. Biroq klub matbuot xizmati o'yinchining mavsum so'ngiga qadar safdan chiqqanligi haqida rasmiy bayonot berdi. “Loko”ni mavsum so'ngiga qadar yana uchta o'yin kutib turibdi.


Manba: TASS