XXI asrda ilk bor... ("Nasaf"ning 5-durangidan 9 fakt)

11 noya 2021, 21:50
"Nasaf" 19-turning qoldirilgan uchrashuvida "Surxon" bilan durangga rozi bo'ldi.

Bu Berdiev shogirdlari uchun mavsumdagi 5-durang hisoblanadi, Haydarov jamoasi uchun 4-si. Mazkur bahsga aloqador qiziqarli ma'lumotlarni taqdim qilamiz.

1. "Surxon" forvardi Abdulaziz Yusupov Superligada 2019 yilning noyabr oyidan beri ilk marta gol urdi (2 yillik tanaffus).

2. Bahrom Abdurahimov gol urgan oxirgi 13 ta o'yinda uning jamoalari yutqazmayapti. Bunaqasi so'nggi bor 2017 yilning 4 iyulida sodir bo'lgan edi ("Bunyodkor" 3:2 "Nasaf").

3. "Surxon" 19 yil ichida ilk bor "Nasaf" darvozasiga 2 ta to'p kiritdi.

4. Termiz klubi XXI asrda "Nasaf"dan 1-marta ochko tortib oldi. Buning uchun 14 ta o'yin kerak bo'ldi.

5. Mazkur jamoalar so'nggi bor durang o'ynaganida ayni paytda "Surxon"ni boshqarayotgan Bahrom Haydarov "Nasaf" libosida gol urgan edi.

"SURXON" 3:3 "NASAF" 

22.06.2000. 19-tur. 

Gollar:

1:0 - Rifat Xaliulin, 2:0 - Rifat Xaliulin, 3:0 - Jaloliddin Isoqulov, 3:1 - Bahrom Haydarov, 3:2 - Bahodir Annamatov, 3:3 - Qahramon Abduqodirov.

6. "Nasaf" iyul oyidan beri ilk bor 1 o'yinda 2 ta gol o'tkazib yubordi.

7. "Ajdarlar"ning mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi 8 ta o'yinga etdi.

8. "Surxon" bu mavsum 2-o'yinida 2 ta gol urdi.

9. "Nasaf" futbolchilari "Surxon"ga qarshi qatorasiga 20-o'yinda termizliklar darvozasini ishg'ol qilishdi.

"Kino davom etadi": "Nasaf" Diakite uchun jarima to'laydi


Manba: championat.asia