Xorxe Valdano Karlo Anchelottini tanqid ostiga oldi

Sherzod Nurmatov
8 noya 2024
"Real" sobiq futbolchisi Xorxe Valdano jurnalistlarga klubning muvaffaqiyatsiz o'yinlarida kim aybdor ekanligini aytdi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, Valdano jamoaning yomon o'yin ko'rsatayotganida murabbiy aybdor deb hisoblamoqda. 



Sobiq futbolchining so'zlariga ko'ra, agar jamoada tartib-intizom bo'lmasa, bularning barchasiga murabbiy javobgar bo'lishi kerak: 

"U katta mas'uliyatni bo'yniga olgan, tarkib bilan u ishlaydi, hozirgi "Real"da muvozanat bor".

Eslatib o'tamiz, madridliklar so'nggi ikki o'yinda yirik hisobda mag'lub bo'lishdi va bu bilan 2009 yildan beri takrorlanmagan antirekordni o'rnatishdi. Ushbu muvaffaqiyatsiz o'yinlardan so'ng Anchelotti atrofida shovqin-suron ko'tarildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo