"Xoffenxaym" hujumchisi "Barselona"ga o'tishi mumkin

Sherzod Nurmatov
6 mar 2026, 14:12
Kataloniya klubi hujum chizig'ini Germaniyaning "Xoffenxaym" jamoasi forvardi Fisnik Asllani hisobiga kuchaytirmoqchi.

"Diario Sport" nashri ma'lumotlariga ko'ra, klub vakillari Kosovo terma jamoasining 23 yoshli futbolchisi o'yinlarini kuzatib bormoqda.

Xabar qilinishicha, kataloniyaliklar futbolchini yaqin transfer oynasidayoq olib kelish variantini o'rganyapti. Shu bilan birga, hujumchiga boshqa Yevropa klublari ham qiziqish bildirmoqda, biroq manbalarning takidlashicha, Asllani faoliyatini aynan "Barselona"da davom ettirishni afzal ko'radi.

Hujumchining "Xoffenxaym" bilan shartnomasida sotib olish summasi taxminan 30 million evro etib belgilangan. Futbolchining nemis klubi bilan amaldagi kelishuvi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport