Xislat Shoboev : “Selekciya ishlarini Qashqadaryodan boshladik”

Narzulla Saydullayev
3 iyun 2017, 13:12
Buxoro viloyati Peshku tuman ixtisoslashtirilgan futbol maktab –internati qoshidagi selekciya ishlari bilan shug'ullanuvchi murabbiylar Qashqadaryoda bo'lib qaytdi.

Ma'lumki, Buxoro viloyati Peshku tuman ixtisoslashtirilgan futbol maktab –internati  direktori Xislat Shoboev ko'magida tashkil etilgan ushbu selekciya ishlarining maqsadi  Respublikadagi yosh istedod egalarini yo'qolib kyetishlariga yo'l qo'ymaslik , ularni futbol maktabdagi  turli yosh toifasidagi  o'quv guruh  mashg'ulotlariga jalb etish va yosh iqtidor egalarini qo'llab-quvvatlashdir.

“Har bir viloyat va shaharda selekciya ishlari bo'yicha maktabimiz tomonidan biriktirilgan selekcioner murabbiylar bor.

Ular har oyda maktab rahbariyatiga hisobot –malumot berib borishadi. Ammo vaziyatni voqea joyidan kuzatish va ish jarayonini nazorat qilish maqsadida futbol maktabimiz qoshidagi  selekciya ishlari bilan shug'ulanadigan murabbiylarimizni safarlarga yuborayapmiz.

Bizning asosiy maqsadimiz- istedodli yoshlarni saqlab qolish va barcha qulayliklarga ega futbol maktabimizga jalb etish, va  ularni terma jamoalar miqyosidagi o'yinchi qilib yetishishni qullab-quvvatlash, shu orqali  terma jamoalarga nomzod bo'lgan futbolchilar geografiyasini kengaytirishdir”- deydi  Buxoro viloyati Peshku tuman ixtisoslashtirilgan futbol maktab –internati direktori Xislat Shoboev.

Qashqadaryo viloyatida bolalar va o'smirlar futbolidagi vaziyati bilan yaqindan tanishib  kelgan selekcioner murabbiy Alisher Bozorov safardan faqat ijobiy taassurotlar bilan qaytganini ma'lum qildi.

“Safarda Qashqadaryo viloyati  bo'yicha  selekcioner murabbiy Alisher Bozorov va G'uzor tuman davlat ixtisoslashtirilgan futbol-maktabi murabbiysi Doston Maxmatqulov bilan  Qamashi tuman Bolalar –o'smirlar sport maktabi qoshidagi futbol to'garagi bilan yaqindan tanishib chiqdik.



U yerda bo'lib o'tgan Respublika ochiq turnirini ham kuzatdik va  musobaqa davomida to'rt besh nafar yosh iqtidorli  futbolchilarni ko'z ostimizga olib qo'ydik.

Sport maktabidagi  murabbiylar bilan hamkorlikga erishdik. Bu maktab viloyatga ko'plab yosh  iqtidorli futbolchilarni yetishtirib bermoqda. Viloyatdagi PFK qoshidagi  “Nasaf”, “Mashal” “Sho'rtan” “Sevinch” jamoalari va  Qarshi olimpiya zahiralari kolleji, G'uzor futbol internatlarida tahsil olayotgan yosh futbolchilar bunga misol bo'la oladi.

Samarali va ijobiy selekciya ishlarimizni boshqa viloyatlarda ham amalga oshirmoqchimiz”, –deydi selekcioner murabbiy Alisher Bozorov.



Faxriddin Choriev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz