Xiroki Sakai O'zbekistonga qarshi o'ynay olmasligi mumkin

Narzulla Saydullayev
30 mar 2015, 15:58
Yaponiya terma jamoasi va Germaniyaning "Gannover" klubi himoyachisi Xiroki Sakai ertangi bahsda maydonga tusha olmasligi mumkin.
Futbolchi Tunisga qarshi o'yinning jarohat olgan va 84-daqiqada o'z o'rnini Acuto Uchidaga bo'shatib bergandi. Uning o'ng oyog'i shikastlangan edi. Sakai jamoasining kechagi mashg'ulotlarida ishtirok etmadi va Oitadagi shifoxonalardan birida tibbiy ko'rikdan o'tdi. Tibbiy ko'rik uning mushaklarida muammo borligini ko'rsatdi.

2012 yildan buyon terma jamoada o'ynab kelayotgan Xiroki Sakai Yaponiya safida 18ta o'yin o'tkazgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia