Xese Segunda klubi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
2 fev 2021, 07:02
Vinger Xese "Las-Palmas" bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Tomonlar joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekishdi. Ispaniyalik futbolchi yangi jamoasida 9-raqam ostida o'ynaydi.

Xesening so'nggi klubi PSJ bo'lgan edi, u Parij klubidan yanvarda erkin agent maqomida ketgandi.

Parijliklar o'z vaqtida futbolchini "Las-Palmas", "Stok Siti", "Betis" va "Sporting" jamoalariga ijaraga berishgan.


AlisherMuallif
Manba: udlaspalmas.es