Xerard Martino "Oltin to'p" haqida: "Men uchun Messi doimo eng zo'ri"

Mirjalol Normatov
1 noya 2024, 00:35
"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xerardo Martino "Oltin to'p" yakunlari haqida gapirdi.

"Bu sovrin umuman mening e'tiborimni torta olmagan. Chunki sovrin egasi qay tariqa aniqlanishini umuman tushunmaganman.

Vinisiusni eng yaxshisi deb atash uchun asoslar ko'p edi. Lekin mendan eng yaxshi futbolchini so'rasangiz, u Leo Messi deyman. Menimcha, bular umuman boshqa-boshqa jihatlar", - dedi Martino.

Eslatib o'tamiz, "Oltin to'p"ni Rodri qo'lga kiritdi. Vinisius ro'yxatda ikkinchi bo'ldi. Leo Messi yakuniy 30lik ro'yxatga kiritilmadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca