Xayrulla Karimov: "Kurashlarga boy o'yin bo'ldi"

Sherzod Nurmatov
2 apr 2021
Superliganing to'rtinchi turidan o'rin olgan AGMK – "Navbahor" (2:1) o'yinidan keyin mezbonlar murabbiyi Xayrulla Karimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- Kurashlarga boy o'yin bo'ldi. 2 haftalik tanaffus baribir o'z ta’sirini ko'rsatdi, lekin shunga qaramasdan, har ikki jamoa chiroyli o'yin ko'rsatdi. Birinchi bo'limda o'yinimiz sal qovushmadi, ammo ikkinchi bo'limda yigitlar o'yinni kuchaytirishdi. 

- VAR borasida nima deya olasiz? Ikkinchi gol VAR yordamida belgilandi.  

- Hakamlar ko'rib chiqib, penalti belgilashdi. Har ikki jamoa jangovar o'yin namoyish qilishdi.  "Navbahor"da bo'yi baland o'yinchilar ko'pligi bois ikkinchi bo'limda uzun paslar orqali o'ynashga harakat qilishdi.  Lekin futbolchilarimizga rahmat, qo'llaridan kelgancha harakat qilib, g'alabaga erishishdi. 

- Keskinlashtiruvchi uzatmalar juda kam. Shoahmedov zaxiradan tushgach, bu narsa o'zgardi. Nima uchun asosiy tarkibda maydonga tushgan ikkita markaziy yarim himoyachi bunday paslarni amalga oshirmayapti?

- Endi bu – futbol. Shuning uchun 21-22 nafar o'yinchi ro'yxatga olinadi. Ikkinchi bo'limda o'zgarishlarga qo'l urildi va bu o'z mevasini berdi.

- Fortesning almashtirilgani nima bilan bog'liq?

- Fortesda kichik jarohat bor edi, lekin o'yini chiqmagani uchun bosh murabbiy uni almashtirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia