Xavi 2023 yilda Messining "Barselona"ga o'tmaganiga jamoa prezidentini aybladi

Khoja
9 mar 2026
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Xavi Lionel Messining Katoliniya klubiga 2023 yilda o'tmaganiga jamoa prezidenti Joan Laportani aybladi.

Siz bosh murabbiy bo'lganingizda u "Barselona"ga qaytishi mumkinmidi?

"Laporta Messi bilan bog'liq vaziyat haqida to'liq haqiqatni aytmayapti. Leoning transferi allaqachon kelishib olingan edi. 2023 yil yanvar oyida, jahon chempioni bo'lganidan so'ng, biz u bilan bog'landik va u menga qaytishni xohlayotganini aytdi. Men uni jamoada ko'rishni istadim. Mart oyigacha suhbatlashdik va men Messiga: "Menga ruxsat bersang, prezidentga seni transferring haqida xabar beraman", dedim, chunki futbol nuqtayi nazaridan men uni jamoaning asosiy tarkibida ko'rdim".

Keyin nima bo'ldi?

"Prezident Leoning otasi bilan shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshladi va biz hatto liga rahbariyatidan ruxsat oldik. Lekin oxir-oqibat, hamma narsani to'xtatgan prezident bo'ldi", - dedi Xavi.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru