Xans-Diter Flik: "Real" haqida gapirishni istamayman"

Mirjalol Normatov
12 dek 2025
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik LaLiga turnir jadvalida "Real"dan ustunlik qilayotgani haqida gapirdi.

"Barselona" ayni damga qadar 40 ochko jamg'argan bo'lsa, "Real"da bu 36 ga teng.

"Oldinda o'yinlar juda ko'p. Endigina dekabr oyidamiz. Qilinadigan ishlar bisyor. Shu boisdan hali o'zimizga qarashimiz kerak. Ayrim jihatlarni yaxshilamasak bo'lmaydi.

Hozirgi paytda faqatgina oldindagi o'yinga yaxshi kayfiyatda borishning o'zi ham kamlik qiladi. Biz oldinga harakatlanishimiz kerak. Yakunda barchasi ko'rinadi.

"Real" haqida gapirishni istamayman. Faqatgina "Barselona". Bor e'tiborim shu yerda", - dedi Flik.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As