Xamann: "Borussiya" faqat beshinchi o'rinni oladi deb o'ylayman"

Aslanov Jasurbek
31 avg 2016, 13:46
"Bavariya", "Nyukasl" va "Liverpul" sobiq yarim himoyachisi Ditmar Xamann Dortmundning "Borussiya" klubini Bundesligadagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

"Borussiya" faqat beshinchi o'rinni egallaydi. Ular muhim futbolchilarni yo'qotishdi va istiqbolli futbolchilarni xarid qilishdi. O'tgan mavsumda ular yaxshi ishtirok etishdi, endi esa bo'sh qo'llar bilan qolishdi. Bu psixologik tomondan qiyin vaziyat. Jarohat olgan Marko Roysning yo'qligi ham muammo hisoblanadi" - deydi Xamann.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tz