"Xaddersfild" yangi libosini taqdim qildi, bu esa muxlislarga yoqmadi

Mirjalol Normatov
17 iyul 2019
"Xaddersfild" yangi mavsum uy o'yinlari uchun liboslari namoyishini o'tkazdi.

Libos ko'k-oq rangli vertikal yo'laklardan tashkil topgan. Libosning o'rtasidan esa diagonal ravishda yo'lak tortilib, ichiga "Paddy Power" bukmekerlik kontorasining nomi joylashtirilgan.

O'tgan mavsumda APL turnir jadvalida 20-o'rinni egallab, Chempionshipga tushib kegan "Xaddersfild" taqdim qilgan liboslar ijtimoiy tarmoqlarda klub muxlislari tomonidan tanqidga uchradi.

Shuningdek, qoidalarga ko'ra, klub homiysi logosini bunday katta o'lchamda libosga joylashtirish taqiqlangan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com