"Volfsburg" Niko Kovachni iste'foga chiqardi

Alisher
17 mar 2024
"Volfsburg" bosh murabbiyi Niko Kovach o'z lavozimini tark etdi.

Bu haqda nemis klubi rasmiy sayti ma'lum qildi. 

"Volfsburg" kecha bo'lib o'tgan Bundesliga 26-tur doirasidagi "Augsburg" (1:3)ga qarshi uydagi o'yinda mag'lub bo'ldi. Jamoa ketma-ket uchinchi o'yinda mag'lubiyatga uchradi.

52 yoshli xorvat 2022 yilning yozidan beri "Volfsburg"ni boshqarayotgandi. "Bo'rilar" 26 turdan so'ng 25 ochko bilan Bundesligada 14-o'rinni egallab turishibdi, jamoani quyi ligaga tushib kyetish hududidan 7 ochko ajratib turibdi.


AlisherMuallif
Manba: vfl-wolfsburg.de