

"Defensa Central" xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi klub rahbariyatiga ochiq-oydin shunga ishora qilgan: u jamoani o'zgartirishga tayyor.
Uning "Real"da qolishining yagona sharti - yangi bitim imzolanishi. Bu jarayon joriy yilning aprel oyidan kechiktirilmasligi kerak. Ayni paytdagi shartnoma esa 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.



