La Liga. "Barselona" mehmonda "Vilyarreal" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi, mezbonlar o'yinchisi 39-daqiqada maydondan chetlatildi

Alisher Ostonov
21 dek 2025
La Liga 17-tur doirasidagi "Vilyarreal" - "Barselona" o'yini bo'lib o'tdi.

O'yinning 12-daqiqasida Rafinya penaltidan to'p kiritib, hisobni ochdi. 39-daqiqada Renato Veyga qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Lamin Yamal esa 63-daqiqada gol urib, o'yinga nuqta qo'ydi.

“Barselona” hozirda 46 ochko bilan La Liga turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda, “Real” 42 ochko bilan ikkinchi o'rinda joylashgan.






Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia