Villian: "Arsenal"da ko'nika olmadim"

Alisher
29 sen 2021
"Korintians"ga qaytgan braziliyalik vingeri Villian Londonning "Arsenal" klubidagi davri haqida gapirdi.

"Arsenal"dagi yilim og'ir kechdi. Men haqiqatdan ham klubda moslasha olmadim. U erda baxtli emas edim.

Tushunarli bo'lishi uchun - klub mening kyetishimni xohlamadi. Men o'zim kyetishni xohladim. Men o'z hislarimni va baxtsiz ekanligimni tushuntirdim.

Men o'ynay oladigan boshqa variantlarni ko'rishni xohlashimni aytdim. Hayotda pulga sotib olib bo'lmaydigan narsalar bor. Quvonch, baxt, dunyo va mustahkam oila. Men uchun eng asosiysi shular", - deydi Villian.

Villian "Arsenal" safida 37ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 7ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: BT Sport