Vitor Reys: "Husanov huddi akamdek"

Aslanov Jasurbek
13 may 2025
"Manchester Siti"ga Abduqodir Husanov bilan bir vaqtda o'tgan Vitor Reys o'zbekistonlik jamoadoshi bilan qanday muloqot qilishini aytib berdi.

"Men va Husa (Husanov) jamoaga bir vaqtda kelganmiz, shunday ekan ikkimiz ham bu yerda yangimiz. Qahvaga ham birga boramiz, boshqa ishlarni ham birgalikda bajaramiz. U va men ingliz tilini bilmaymiz. Asosan imo-ishoralar bilan gaplashamiz. Husa huddi akamdek, bu erga kelganimdan do'stlashib olganmiz" - dedi Reys "Manchester Siti"ning ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan videosida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: mancity.com