Vetto Barselonaga o'tishga rozi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2016
Atletiko hujumchisi Lusiano Vetto faoliyatini Barselonada davom ettirishi mumkin.

22 yoshli argentinalik futbolchi Kataloniya klubiga o'tishga rozilik bergan.

Vetto Barselonaga ijaraga berilishi yoki 20 million evroga to'liq sotib olinishi mumkin.

O'tgan mavsumda hujumchi Ispaniya chempionatining 19ta o'yinida bitta gol urdi va 3ta golli pas oshirdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: El Mundo Deportivо