"Vest Xem" Payeni APLga qaytarmoqchi

Fransiyaning "Marsel" klubi yarim himoyachisi Dimitri Paye faoliyatini Angliyada davom ettirishga yaqin turibdi.

"L'Equipe" xabariga ko'ra, "Vest Xem" 32 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Jamoa rahbariyati Payeni klubga qaytarmoqchi. Yarim himoyachi bunga qadar 2015-2017 yillarda "Vest Xem"da o'ynagan va keyinchalik "Marsel" safiga borib qo'shilgandi.

Ma'lumot uchun, Paye Fransiya chempionatining joriy mavsumida 6ta gol urgan (16 o'yin).


Manba: L'Equipe