Verner yanvardayoq "Inter Mayami"ga o'tishi kutilmoqda

Administrator
3 dek 2025
Verner "Inter Mayami"ga o'tishi ehtimoli yuqori.

Timo Verner Lionel Messi bilan bir jamoada o'ynashi mumkin. Insayder Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, "Leypsig" hujumchisining vakillari yanvar oyida "Inter Mayami"ga o'tish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Agar kutilmagan hodisa sodir bo'lmasa, germaniyalik futbolchi MLSda o'ynaydi.

Verner bu mavsumda Bundesliganing faqat bitta o'yinida ishtirok etdi.


AdministratorMuallif
Manba: x.com/Plettigoal