Venger 2018 yildan beri ilk bor “Arsenal” stadioniga keldi

Eldor Akmurzayev
27 dek 2022
APL 17-turida “Arsenal” o'z maydonida “Vest Xem”ni 3:1 hisobida engib, peshqadamligini mustahkamladi.

Mazkur bahsni kuzatish uchun Arsen Venger keldi. U 2018 yildan beri ilk bor “Emireyts”ga tashrif buyurdi.

Venger 1996-2018 yillar davomida “to'pchilar”ga ustozlik qilgan. U jamoa bilan uch bor Angliya chempionligini (1997/98, 2001/02, 2003/04) qo'lga kiritgan va 7 martadan Kubok hamda Superkubokda g'oliblikka erishgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: GFFN