

"Ushbu turnir ajoyib chorlov va faoliyatimdagi juda muhim qadam hisoblanadi. Milliy terma jamoada o'ynagan paytim vaziyatni aniq tushunish imkonini berardi. Biroq hozirgi rolim boshqacha va bu katta mas'uliyat yuklaydi.
Jahon chempionati hali boshlangani ham yo'q, ammo biz o'rta va uzoq muddatli muvaffaqiyatli natijalar uchun poydevor yaratgan holda, hozirdanoq buning mevalarini yig'ishni boshlashimiz mumkin. O'z tajribasini ulashish va avloddan-avlodga o'tish davrida yordam berish uchun tarkibga bir necha tajribali o'yinchilarni jalb qildik.
O'zbekistonda turli xil o'yin uslubiga ega bo'lgan raqiblarga qarshi ikkita o'yinimiz bor. Bu bahslar har bir futbolchining o'yin davomida qanday harakat qilishini baholash imkonini beradi, bu esa tarkibni tanlashda asosiy omil hisoblanadi.
Maydondan tashqarida ko'rishni istagan jihatlarimizni rivojlantirishda davom etishimiz kerak. Futbolchilarni o'yin jarayonida sinab ko'rmoqchimiz va tarkibda rotaciya qilish orqali har biriga o'z imkoniyatlarini ko'rsatish uchun imkon beramiz. O'yinchilar bundan maksimal darajada foydalanishlari shart, chunki futbolda ko'pincha hammasi uchun faqat bitta imkoniyat beriladi. Agar o'z imkoniyatingizdan foydalana olmasangiz, u boshqa hech qachon qaytmasligi mumkin. Biz o'yinchilarning xalqaro maydonda nimalarga qodirligini yaxshilab ko'rib chiqmoqchimiz.
Voqealar rivojidan o'zib keta olmaymiz, ammo Jahon chempionatida ishtirok etish istagi hech qachon yodimizdan chiqmaydi. Futbolchilar va murabbiylar shtabi ambiciyali bo'lishi kerak, ammo butun e'tibor ushbu musobaqaga qaratilishi shart. Ayni paytda ustuvor vazifamiz FIFA Series’dagi ikkita o'yindir, chunki mazkur bellashuvlar orqali o'zimiz ko'zlagan yo'ldan yurishni boshlaymiz", – dedi 41 yoshli mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Venesuela 27 mart kuni Trinidad va Tobago, 30 mart kuni O'zbekistonga qarshi bahs olib boradi.



