Vaskes: "Azar ushbu mavsumda jamoaning asosiy figurasi bo'la oladi"

Mirjalol Normatov
15 sen 2019, 17:35
"Real" yarim himoyachisi Lukas Vaskes jamoaning yangi futbolchisi Eden Azarning debyuti haqida gapirdi.

"Azar qanchalik yaxshi saviyada ekanligini ko'rsata oldi. U maydonda o'zining qanchalik kuchli ekanligini ko'rdik.

Ushbu mavsumda u jamoamizning asosiy futbolchisi bo'la oladi. Bunga ishonaman", - dedi Vaskes.

Azar kecha "Levante"ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushdi va "Real"dagi debyutini nishonladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca