

Avvalroq, jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso futbolchidan umid qilmayotgani va yangi klub izlashiga qarshi emasligi ma'lum bo'lgandi.
Insayderlar ma'lumotiga ko'ra, Valverdening xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Manbalarning takidlashicha, mankunianliklar futbolchi uchun 70 mln funt to'lashga tayyor, ammo madridliklar urugvaylikni 100 mln funtga baholamoqda.
Valverde "Real"da 2016 yildan o'ynamoqda. Xavbek joriy mavsum 19 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



