"Valensiya" Sillessenni NEKga sotdi

Alisher
8 avg 2022
"Valensiya" darvozabon Yasper Sillessen Niderlandiyaning NEK klubiga sotilganini e'lon qildi.

Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, transfer narxi 1 mln evroni tashkil etdi.

"Valensiya"ga qadar "Barselona"da o'ynagan 33 yoshli futbolchi faoliyatini boshlagan klubga qaytdi va uch yillik shartnoma imzoladi.

Sillessen "Valensiya"ga 2019 yilda o'tdi va jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 67ta o'yin o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: valenciacf.com