Valbuena jarohat oldi va "Gengam"ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi

Aslanov Jasurbek
10 fev 2017, 14:16
"Lion" yarim himoyachisi Matyo Valbuena joriy mavsumda uchinchi marotaba jarohat oldi.

Futbolchi "Nansi"ga qarshi Fransiya chempionatining 24-tur uchrashuvida jarohat oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, shifokorlar Valbuenaning chap sonida jarohat aniqlashdi. Futbolchi oyoqqa turishi uchun qancha vaqt kerak bo'lishi aniq emas, ammo u "Gengam"ga qarshi Liga 1 uchrashuvida maydonga tushmaydi.

Matyo Valbuena joriy mavsumda joriy mavsumda Fransiya chempionatining 18 ta uchrashuvida 6 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe