Vagiz Galiulin o'ynayotgan "Tambov" klubi logotipini o'zgartirdi

Alisher
8 iyul 2019, 15:22
"Tambov" o'zining "Twitter"dagi rasmiy sahifasida 2019/20 yil uchun o'zining yangilangan logotipini taqdim qildi.

Ramzning o'rtasida to'p hamda uning fonida bo'rining rasmi aks etgan. Logotip ananaviy qizil-ko'k ranglarda yaratilgan.

Eslatib o'tamiz, "Tambov" Rossiya chempionatidagi ishtirokini 14 iyul kuni "Zenit"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Qayd etish kerakki, "Tambov"ni hozirda 2015-yilda "Paxtakor"da bir muddat ishlagan Aleksandr Grigoryan boshqarmoqda.



AlisherMuallif
Manba: twitter.com/fctambov68