🔥 UZ CORE SCOUT - analitik blok: "Navbahor" - "So'g'diyona" o'yini tahlili

Narzulla Saydullayev
24 apr 2026, 16:30
Kecha, 23 aprel kuni bo'lib o'tgan “Navbahor” – “So'g'diyona” uchrashuvida durang qayd etildi.

Lekin, o'yin mazmuni jihatidan bu yorqin futbol emas, balki zich, zerikarli va cho'zilgan uchrashuv bo'ldi!

1 (2).jpg

Uchrashuvning katta qismi markazda o'tdi.

Jamoalar ko'proq qisqa masofada, qisqa paslar bilan o'ynadi.

2.jpg

O'yin taktik sxemasi ko'p holatda “darvoza - markaz - orqaga - yana markaz” ko'rinishida kechdi.

Temp past bo'ldi, keskinlik deyarli ko'rinmadi.

Ayrim muxlislar o'yinni bejizga “piyodalar futboli” deb atashmadi.

3.jpg

TAHLIL:

“Navbahor”: Jamoa o'yinni boshqargandek ko'rindi, lekin raqibni sindirib tashlay olmadi.

Qanotlar etarli ishlamadi, diagonal va uzun paslar kam bo'ldi.

4 (2).jpg

“Sug'diyona”: chiroy izlamadi, natija izladi.

Jamoa markazni yopdi, o'yin suratini sekinlashtirdi va qulay vaziyatni kutdi.

5.jpg

72-daqiqada Lyupcho Doriev urgan gol shu rejaning ishlagan nuqtasi bo'ldi.

Ammo, goldan keyin ham jamoa o'yinni to'liq yopa olmadi va oxirida g'alabani qo'ldan chiqardi.

6.jpg7.jpg8.jpg


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia