Usmonali Ismonaliev: "Navbahor" muxlislaridan uzr so'rayman"

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2022
"Tezkor studiya"ning 2022 yildagi ilk sonida "Bunyodkor" futbolchisi Usmonali Ismonaliev mehmon sifatida ishtirok etdi.

Jonli efir davomida futbolchi "Andijon" safida "Navbahor"ga qarshi o'yinlardagi nishonlangan gol va jarimaga tortilgani bo'yicha izoh berib o'tdi. 

"Har bir futbolchining qarindoshlari, unga qiziqish bildirgan odamlari, do'stlari bo'ladi. Birinchi davradagi o'yinda o'sha sektorda oilam ham o'tirgandi. Ular va men gol urishimni sezgandim. Agarda gol ursam, oilam joylashgan sektorga borib nishonlayman degan niyatim bor edi. "Navbahor" muxlislariga hech qanday aloqasi yo'q. Ataylab qilmaganman. Tartib-intizom qo'mitasiga  ham tushuntirganman. Jarimaga tortilganimni ikkinchi davra boshlanayotganda bildim. Ikkinchi davrada o'yindan oldin turli gaplar kelgan. Har kimning yaqinlari o'ziga aziz. Maydonda hissiyotlarga berilganman. Muxlislardan uzr so'rayman",- deydi Usmonali Ismonaliev. 




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia