Under "Fenerbaxche" bilan muzokaralar olib bormoqda

Sherzod Nurmatov
25 iyul 2023
"Marsel" va Turkiya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Jengiz Under vataniga qaytmoqchi.

Futbolchi "Fenerbaxche" bilan muzokaralar o'tkazyapti. 

Turkiyalik o'yinchi 2021 yilda 8,5 million evro evaziga "Marsel"ga o'tgandi. 26 yoshli vingerning "Marsel" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. Klublar rasmiy muzokaralarga kirishishgan.

Under o'tgan mavsum 46 ta o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali Turkiya terma jamoasi futbolchisini 20 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe