Umidjon Ergashev: "Denis Ivankov o'yinimdan qoniqmaganini aytdi"

Tolibjon Qosimov
6 apr 2019
Kecha Superliga 3-turi doirasida "Paxtakor" jamoasi "Nasaf"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdan so'ng "ajdarlar" darvozaboni Umidjon Ergashevning fikrlari bilan qiziqdik.

"Saviyasi kuchli bo'lgan jamoaga qarshi o'ynadik. Biz o'zimizga ishonib maydonga tushgandik, oxirgi daqiqalardagi e'tiborsizligimiz tufayli yutqazib qo'ydik.

- Ikkinchi gol o'tkazilgan vaziyatga nima deya olasiz?

- Pala-partishlik yuzaga kelgani uchun aniq ko'ra olmadim. Yigitlar ofsayd deyishmoqda.

- O'yindan keyin sobiq murabbiyingiz Denis Ivankov nima dedi?

- O'yinimdan uncha qoniqmaganini aytdi, maslahatlar berdi. O'z ustingda ishlashda davom et deb aytdi. Men to'xtab qolmayman.

- Hozirgi kunda "Nasaf" darvozabonlar murabbiyi Mixail Naumov haqida nima deya olasiz?

- Tajribali, Oliy ligada juda ko'p o'yin o'tkazgan. Darvozabonlarni o'yinga yaxshi tayyorlamoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia