UEFA Isroilni chetlatmaydi. Bu masala kun tartibidan olib tashlandi

Administrator
25 sen 2025, 00:03
Isroil xalqaro musobaqalardan chetlashtirilmaydi.

UEFA Isroilni xalqaro musobaqalardan chetlatishi borasidagi masala kun tartibidan olib tashlandi. Bu haqda Israel Hayom xabar bermoqda. Avvalroq xabar qilinganidek, Isroilni chetlashtirish masalasi 23 sentyabr kuni UEFA ijroiya qo'mitasi tomonidan ovozga qo'yilishi mo'ljallangan edi.

Gazetaning yozishicha, bu masala hozirda kun tartibidan olib tashlangan. Isroil futbol assotsiatsiyasiga ushbu ishni hal qilishga ismlari oshkor etilmagan diplomatlar, boshqa federatsiya rahbarlari va futbol amaldorlari yordam ko'rsatgan.

Takidlanishicha, bu jarayonda AQSH rasmiylari ham bevosita ishtirok etib, UEFA rahbarlaridan "mavjud vaziyatni o'zgartirmaslikni" qatiy talab qilgan.

UEFA Isroilni barcha Yevropa musobaqalaridan chetlashtirish niyatida


AdministratorMuallif
Manba: Israel Hayom