UEFA Demiral va Bellingemga 2 xil standartda jazo tayinladi

Sherzod Nurmatov
5 iyul 2024, 16:20
UEFA Demiral va Bellingem masalasida rasmiy bayonot chiqardi.

Unga ko'ra, Demiral chorak finalga chiqqanini nishonlagan "bo'ri salyut"i uchun Evroning ikki o'yiniga diskvalifikaciya qilindi. Bu Avstriyada taqiqlangan "kulrang bo'rilar", turk ultramillatchilar va panturkistlarning ishorasidir.

Bellingem 30 ming evro jarimaga tortildi va bir yil davomidagi bitta qaysidir o'yinga diskvalifikaciya oldi. E'tiborlisi, Jud qaysi o'yinni o'tkazib yuborishni o'zi tanlashi mumkin.


Avvalroq nemis matbuoti va hukumati UEFA hamda Turkiya futbol federatsiyasiga Demiralning imo-ishorasi yuzasidan katta bosim o'tkazgandi, hatto Germaniya Tashqi ishlar vazirligi ham ushbu voqea tufayli Turkiya elchisini chaqirtirgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com