

27 yoshli angliyalik futbolchi o'yinda jamoasining to'rtta golidan uchtasini urdi.
Qizig'i shundaki, Eze "Arsenal" uchun Premer-ligada xet-trik qayd etgan 23-futbolchi, shuningdek, APL tarixidagi 400-xet-trik muallifi bo'ldi.

Eberechi yozda 65 million evro evaziga "Kristal Pelas"dan "Arsenal"ga qo'shildi. U Shimoliy London klubining tarbiyalanuvchisi sanaladi.
"To'pchilar" safida u barcha musobaqalarda 18 o'yinda 5 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.



