U-20 Osiyo kubogi yaqin. O'zbekiston tarkibida ikki nafar yo'qotish bor

Iskandarov Abdulaziz
23 fev 2023, 14:41
Mamlakatimiz mezbonlik qiladigan U-20 Osiyo kubogi boshlanishiga ozgina vaqt qoldi.

O'zbekiston U-20 terma jamoasi tarkibida rasmiy o'yinlar oldidan ikki nafar futbolchi jarohat oldi. Barcha yig'inlarda qatnashib kelgan darvozabon Humoyunshoh Sayyotov va futbolchi Aziz Xolmurodov oldindagi turnirni o'tkazib yuborishi aniq bo'ldi. Ularga sog'lik-salomatlik tilab qolamiz. 

Yakuniy tarkib borasida esa deyarli bir qarorga kelingan va ro'yxat tez kunlarda e'lon qilinishi kutilmoqda. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia