Turkmaniston FF prezidenti Infantinoga sovg'a berdi

Mirjalol Normatov
19 dek 2024
Turkmaniston FF prezidenti Guvanchmuhammad Ovekov FIFA prezidenti Janni Infantinoga qo'l mehnati orqali portreti tushirilgan gilamni taqdim qildi.

Tomonlar Dohada uchrashishgan va Turkmanistondagi futbolni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishgan. Unda FIFA tomonidan ham loyihalarni qo'llab-quvvatlanishi ma'lum qilingan.

Uchrashuv yakunida Guvanchmuhammad Ovekov FIFA prezidentiga sovg'ani taqdim qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/gianni_infantino