Turkiyada hakamlar qimor botqog'ida: 150 nafardan ortiq hakam tergov ostida!

Sherzod Nurmatov
28 okt 2025, 12:53
Taxminan 42 nafar hakam 1000 dan ortiq o'yinlarga pul tikkan. Ulardan biri 18 0000 dan ortiq "stavka"ni amalga oshirgan.

Sud organlari bu hakamlarning moliyaviy operaciyalarini tekshirmoqda.

Turkiya futbol federatsiyasi (TFFva Istanbul prokuraturasi 150 dan ortiq professional hakamlarga, jumladan, mamlakatning yuqori divizioni - Superliganing 22 nafar rasmiy shaxsi bo'yicha alohida tergov boshladi.

Federatsiya tomonidan o'tkazilgan ichki o'rganishlar shuni ko'rsatdiki, professional ligalardagi amaldagi 571 nafar hakamdan 371 nafari pul tikish hisobiga ega va 152 nafari qimor o'yinlarida faol ishtirok etgan, deb e'lon qildi TFF prezidenti Ibrohim Hojiusmono'g'li Istanbuldagi federatsiya bosh qarorgohida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida. 

Yuqori martabali hakamlar orasida 7 nafari bosh hakam va 15 nafari yon hakam edi.

"Biz o'z uyimizni tozalashdan boshladik. Turkiya futbolining ham faxri, ham muammoli sohasi bo'lgan hakamlar hamjamiyati bizning boshlang'ich nuqtamizga aylandi", – dedi Hojiusmono'g'li.

Prezidentning so'zlariga ko'ra, davlat idoralari va professional tahlilchilar bilan hamkorlikda to'plangan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, pul tikish faoliyati alohida hodisalardan tortib, tizimli qimor o'yinlarigacha bo'lgan. 

"Bir hakam 18 227 marta pul tikkan. 10 nafar hakam 10 000 liradan oshiq "stavka" qilgan va 42 hakam 1000 dan ortiq o'yinlarga pul tikkan", – dedi u.

TFF ma'lumotlariga ko'ra, intizomiy ishlar darhol boshlanadi. Hojiusmono'g'li hakamlar federatsiya ko'rsatmalariga muvofiq intizomiy jazoga tortilishini aytdi. 

Shuningdek, u tergov natijalari FIFA va UEFAga ham yuborilishini ma'lum qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bianet.org