Turkiya terma jamoasi yetakchisi Liverpulni Londonga almashtiradi

Alisher
10 yanv 2020, 10:20
Jenk Tosun bugun "Kristal Pelas" o'yinchisiga aylanadi.

"Everton"ning 28 yoshli hujumchisi yangi klubi bilan shartnoma shartlari bo'yicha kelishib oldi.

Ammo, Tosun mavsum so'nggiga qadar London jamoasida ijarada o'ynaydi.

"Everton"ning yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti darhol o'yinchiga ishonch bildirmasligini ko'rsatdi.

Turkiya terma jamoasi o'yinchisi "Everton" safida 44ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishgan. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilda yakuniga etadi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports