

Bu haqda "Opta Sport" ma'lum qildi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, Trubin UEFA Chempionlar Ligasida gol urgan beshinchi darvozabonga aylandi. Undan oldin Xans-Yorg Butt (3 ta gol), Sinan Bolat, Vinsent Eneama va Ivan Provedel (har biri 1 tadan gol) bunday ko'rsatkichga erishgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Trubin Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining so'nggi turi doirasida madridning "Real" jamoasiga 90+8-daqiqada gol urgandi (4:2). Gol standart holatdan keyin urildi.
Ushbu gol "burgutlar"ga Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqish imkonini beruvchi 24-o'rinda yakunlashga yordam berdi. "Real" umumiy jadvalda to'qqizinchi o'rinni egallab, o'tish bosqichiga yo'l oldi.
Avvalroq Mourinyu Trubinning goli haqida fikr bildirgan edi.



