"Tottenxem" prezidenti Keynni yozda sotmaydi

Aslanov Jasurbek
17 iyul 2023
"Tottenxem" prezidenti Deniel Levi ushbu yozda Xarri Keynni sotmoqchi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, "shporlar" rahbari klub ichidagi suhbatlardan birida forvardni sotmoqchi emasligini aytgan.

Levi Xarri Keyn "Tottenxem" bilan shartnomasini uzaytirib, klub tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lib qolishiga umid qilmoqda.

Keynning o'zi faoliyatini "Bavariya"da davom ettirmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bayern & Germany