"Torino" 18:1 dan keyin navbatdagi uchrashuvda ham juda yirik hisobda zafar quchdi

Eldor Akmurzayev
15 iyul 2019, 01:01
Torino mavsumoldi o'rtoqlik uchrashuvi doirasida bu safar Merano jamoasiga qarshi bahs o'tkazdi.

Mazkur o'yinda ham turinliklar raqiblarini yirik hisobda (15:0) taslim etishdi. Uchrashuvda Simone Dzadza geksa-trik, Andrea Belotti poker, Alexandro Berenger dubl qayd etgan bo'lsa, Bremer, Lorenco De Silvestri hamda Yago Falke o'z hisoblariga bittadan gol rasmiylashtirishdi. 

Avvalroq, Valter Macarri shogirdlari nazorat uchrashuvida FK-Bormieseni 18:1 hisobi bilan tor-mor etishgandi

TAS-IX emas



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia