TOP-5. Eng qimmat transfer bo'lgan o'zbekistonlik futbolchilar

Eldor Akmurzayev
2 okt 2020, 15:40
Xabaringiz bor, “Rostov” forvardi Eldor Shomurodov “Jenoa” a'zosiga aylandi.

Genuyaliklar 25 yoshli futbolchi uchun bonuslar bilan birga 9 mln evro to'laydigan bo'ldi. Shu tariqa, Shomurodov O'zbekiston tarixida transfer qilingan eng qimmat futbolchiga aylanib oldi. Transfermarkt manbasiga ko'ra, donliklar Eldorni 2017 yil “Bunyodkor”dan 300 ming evroga xarid qilishgandi va bugunga kelib uning transferidan yaxshigina mablag' ishlab olishdi. Albatta, uning narxi ko'tarilishiga jamoada ko'rsatgan yorqin o'yinlari ham sabab bo'ldi.

Bungacha esa transfer sotuvi bo'yicha peshqadamlik O'zbekiston MTJ sardori Odil Ahmedovga tegishli bo'lgan. 2017 yilning yanvarida “Krasnodar” Ahmedovni 7 mln evro evaziga “Shanxay SIPG”ga qo'yib yuborgandi. Ma'lumot o'rnida, Odil 2011 yil "Paxtakor"dan yulduzlarni yig'ayotgan "Anji"ga 1,7 mln, 2014 yil esa "Anji"dan "Krasnodar"ga 4 mln evro evaziga sotilgan. Shu bois, uning eng yuqori transfer summasi reytingga kiritildi.

Kuchli uchlikdan Sardor Rashidov o'rin egalladi. U 2015 yil “Bunyodkor”dan Qatarning “Al Jayish” jamoasiga 2 mln evroga transfer bo'lgan. Sardor hozirda faoliyatini "Qatar SK"da davom ettirmoqda.

Eng qimmat transfer bo'lgan o'zbekistonlik futbolchilar

1. Eldor Shomurodov (25 yosh, hujumchi) – “Rostov” (Rossiya) = “Jenoa” (Italiya)

Transfer summasi: 9 mln evro

2020 yil amalga oshdi

Transfermarkt bo'yicha hozirgi bahosi: 6,5 mln evro

2. Odil Ahmedov (32 yosh, yarim himoyachi)– “Krasnodar” (Rossiya) = “Shanxay SIPG” (Xitoy)

Transfer summasi: 7 mln evro

2017 yil amalga oshgan

Transfermarkt bo'yicha hozirgi bahosi: 2,5 mln evro

Shuningdek, "Paxtakor"dan "Anji"ga (2011 yil, 1,7 mln evro), "Anji"dan "Krasnodar"ga (2014, 4 mln)

3. Sardor Rashidov (29 yosh, vinger) – “Bunyodkor” = “Al Jayish" (Qatar)

Transfer summasi: 2 mln evro

2015 yil amalga oshgan

Transfermarkt bo'yicha hozirgi bahosi: 900 ming evro

4. Server Jeparov (37 yosh, yarim himoyachi)  – “Seul” (J.Koreya) = “Al Shabab” (S.Arabistoni)

Transfer summasi: 1,6 mln evro

2011 yil amalga oshgan

Faoliyatini yakunlagan

5. Igor Sergeev (27 yosh, hujumchi)  “Paxtakor” = “Al Dafra” (BAA)

Transfer summasi: 1,5 mln evro

2018 yil amalga oshgan

Transfermarkt bo'yicha hozirgi bahosi: 1,5 mln evro

5. Oston O'runov (19 yosh, hujumkor yarim himoyachi) – “Ufa” (Rossiya) = “Spartak” (Rossiya)

Transfer summasi: 1,5 mln evro

2020 yil amalga oshdi

Transfermarkt bo'yicha hozirgi bahosi: 1,5 mln evro

YCHLda o'ynagan o'zbekistonlik futbolchilar

Yevropa Ligasida o'ynagan o'zbekistonlik futbolchilar


Eldor Akmurzaev tayyorladi 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia