"Bavariya" yarim himoyachisi Toni Kroos Germaniya kubogi yarim finali doirasidagi "Kayzerslautern" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (5:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Dastlabki ikki gol bizga yordam berdi. Unga qadar biz u qadar yaxshi o'ynay olmayotgandik. Urilgan gollar bizga ishonch bag'ishladi. Finalni sabrsizlik bilan kutayapman", - deydi Kroos klub rasmiy saytiga.