Tomiyasu Jahon chempionatida ishtirok etmasligi mumkin

Sherzod Nurmatov
4 noya 2022, 22:13
"Arsenal" himoyachisi Takexiro Tomiyasu kecha Yevropa Ligasi doirasidagi "Cyurix" bilan o'yinda jarohat orttirib olgani bois JCHni o'tkazib yuborish ehtimoli mavjud.

Bu haqda jurnalist Charlz Uotts xabar berdi.

Yaqin kunlarda Tomiyasu chuqurlashtirilgan ko'rikdan o'tkaziladi, bu esa jarohatning darajasini ko'rsatadi. Klub bu jarohat futbolchini Jahon chempionatida ishtirok etishiga to'sqinliuk qilishidan xavotirda.

Eslatib o'tamiz, Tomiyasu Yaponiya terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi. Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida Osiyo qitasi vakili Germaniya, Ispaniya va Kosta-Rika kabi termalar bilan bir guruhdan joy oladi.

Avvalroq Yaponiya terma jamoasining mundial uchun yakuniy qaydnomasini e'tiboringizga havola qilgan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football London