Tojikiston terma jamoasi darvozaboni Rossiya klubiga o'tmoqda

Sherzod Nurmatov
5 iyun 2024, 18:17
"Rostov" "Istiqlol" darvozaboni Rustam Yatimovning transferi borasida kelishib oldi.

Bu haqda "RB Sport" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, rostovliklar 25 yoshli futbolchi uchun 250 ming dollar to'laydi. Ma'lum qilinishicha, Tojikiston terma jamoasi posboni bilan yaqin kunlarda rasman mehnat shartnomasi imzolanadi.

Yatimov 2023/2024 yilgi mavsum "Istiqlol" safida 14 o'yin o'tkazib, 14 ta gol o'tkazib yuborgan va 4 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlagan. Ilgari u "Nijniy Novgorod" sharafini himoya qilgan.

"Rostov" 2023/2024 yilgi mavsum 30 o'yinda 43 ochko jamg'arib, RPLni 7-o'rinda yakunladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: РБ Спорт