Timur Turdiev: "Bugun omad biz tomonda bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2021
Pro-liganing 10-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Aral Samali" (0:1) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida

- "Sho'rtan" yaxshi jamoa ekanini ko'rdik. Yosh futbolchilardan iborat tarkib yaxshi o'yin ko'rsatdi deb ayta olaman. Bugun omad biz tomonda bo'ldi. Yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalangan holda g'alabaga erishdik.

"Sho'rtan" ayni damda qiyin vaziyatda ekanidan xabardormiz. Jamoaning kelajagi bor, ular tez orada bunday vaziyatdan chiqib kyetishiga umid qilamiz. Yosh futbrlchilar o'yinlar mobaynida shakllanib borishadi. Birinchi davra bilan solishtirganda hozirgi "Sho'rtan" ancha kuchaygan, jamoada o'sish bor.

- Bu yilgi mavsumda jamoangiz oldiga qanday vazifalar qo'yilgan?


- Nasib bo'lsa oldindagi o'yinlarda g'alaba qozonib yaxshi natijalarni ko'rsatmoqchimiz. "Aral Samali" Pro-ligaga bu mavsumdan qo'shildi. Hozirda jamoaga bo'lgan e'tibor juda yaxshi. Biz ham yaratib berilayotgan sharoitlarni oqlash uchun astoydil harakat qilamiz.

- Jamoa safar uchrashuvlariga borishda qanday transportdan foydalanmoqda?


- Bizga zamonaviy avtobus tashkil etib berilgan. Ushbu transportda barcha qulayliklar bor va bizga yo'lda qiyinchiliklar tug'ilayotgani yo'q.

- Bugun jamoangiz kam hujum tashkil etdi, bu rejada bor edimi?

- Bugun "Sho'rtan" jamoasining imkoniyailarini bilgan holda shunday o'yin uslubi tanladik. Golni standart vaziyatdan kiritdik. Umuman olganda bugungi o'yinga tayyorlagan taktikamiz o'zini oqladi deb aytsak bo'ladi. "Sho'rtan" jamoasiga navbatdagi uchrashuvlarda omad tilayman.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia