TFA Mirabror Usmonov sovrinini joriy qildi

Nadirkhuja Yuldashev
10 apr 2021, 16:26
2021 yilgi mavsum, bahor chempionati yakuniga etganidan so'ng Toshkent shahar FA tomonidan MEGA Loyiha tashkil qilinadi!

O'z vaqtida Toshkent shahar chempionatida faoliyat olib borgan futbolchilar va o'zbek futbolida munosib iz qoldirgan mutaxassis nomiga laureat g'oliblari aniqlanadi.



Unga ko'ra:

Eng yaxshi darvozabon - Pavel Bugalo

Eng yaxshi himoyachi - Akmal Azizxo'jaev

Eng yaxshi yarim himoyachi - Odil Ahmedov

Eng yaxshi to'purar - Gennadiy Krasnickiy

Eng yaxshi futbolchi - Mirjalol Qosimov

Eng yaxshi murabbiy - Mirabror Usmonov nomidagi sovrin bilan taqdirlanadi.


Tadbir 15 iyun kuni bahor chempionati yakuniga etganidan so'ng tashkil qilinadi.


2021 yilgi Toshkent shahar chempionati har yilgisidan ko'ra qiziqarli o'tyapti. Birinchi davra o'yinlari yakunlanishi arafasida, hech bir yosh toifasida yaqqol peshqadam yo'q. Yana 6ta turdan keyin shahar chempionatining final bosqichi bo'lib o'tadi. Shundan keyin, TFA ilk marotaba eng yaxshilarni aniqlash marosimini o'tkazish borasida o'z dasturini ishlab chiqdi. Bu haqda yuqorida xabar berildi.


"Futbolimizda munosib iz qoldirgan insonlar nomiga, kelajakda shu kabi futbolchi bo'lib yetishishni istayotgan o'smirlarni qo'llab-quvvatlash uchun yangi loyihaga qo'l urdik. Akmal Azizxo'jaev o'zbek futbolining birinchi sardorlari. "Paxtakor" tarixida katta xarflar bilan yozilgan himoyachi sovrini kelajak himoyachilarini to'lqinlantirsa ajab emas. Pavel Bugalo, Odil Ahmedov va Mirjalol Qosimov haqida hozirgi yoshlar juda yaxshi biladilar. Agar bu sovrinlarni topshirish jarayonida ularning o'zlari ishtirok etadigan bo'lsalar, bolalarimizga quvonch bag'ishlasa kerak. Mirabror Usmonov davrida futbolimiz juda katta yutuqlarga erishdi. Futbolimizning muvaffaqiyati yo'lida murabbiylarning o'rni katta, shuning uchun bu inson nomidagi sovrinni murabbiylarimizga ilindik", - deydi TFA 1-Vice-prezidenti Alisher Polatov.


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: ТФА матбуот хизмати