Teddi Averlant: "Standart vaziyatlar tufayli bizdagi ustunlikni O'zbekiston tortib oldi"

Оқил Абдубарноев
28 mar 2026
Gabon terma jamoasi hujumchisi Teddi Averlant FIFA Series doirasida O'zbekistonga qarshi o'yindan so'ng (1:3) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– O'yin haqida qanday fikrdasiz?

– Juda qiyin o'yin bo'ldi. Borimizni berishga harakat qildik, lekin yakunda nima bo'lganiga o'zingiz guvoh bo'ldingiz...

– Birinchi bo'limda gol urdingiz, jamoangiz hujumda raqibdan ko'ra samaraliroq o'yin namoyish etdi nazarimda, lekin yakunda uchta gol o'tkazib yuborildi. O'yin nazoratini yo'qotiliga nima sabab bo'ldi?

– Menimcha, O'zbekiston standart vaziyatlarda bizdan yaxshiroq harakat qildi. Raqib standart vaziyat – adashmasam, jarima zarbasi orqali hisobni 1:1 qilishga erishishdi. Keyin yana bir standart vaziyatdan so'ng 2:1 hisobida oldinga chiqib olishdi. O'ylashimcha, aynan shu narsa bizga qiyinchilik tug'dirdi va ular o'yin nazoratini o'z qo'llariga olishga muvaffaq bo'lishdi.

photo_2026-03-27_19-32-42.jpg

– O'zbekiston terma jamoasini sobiq mashhur futbolchi Fabio Kannavaro boshqarmoqda. Uning jamoasi himoyasini yorib o'tish yoki ularga qarshilik qilish qanchalik qiyin?

– Ularda o'ziga xos himoya tartib-intizomi borligi sezilib turibdi. Hujumchi sifatida doim ortimda bitta himoyachi taqib qilib yurdi, ular har doim meni ko'z ostida ushlab turishga harakat qilishdi. Himoya chizig'ida ularni aynan kuchli himoyachi boshqarayotgani bilinib turibdi.

VIDEO


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia